Fransiya Bashar Asadni hibsga olish uchun yana order berdi

Olam

image

Joriy yilning 20 yanvar kuni Fransiyadagi tergov sudyalari Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni 2017 yilda Arab Respublikasidagi tinch aholi manzillarini bombardimon qilishda ishtirok etganlikda ayblab, hibsga olish uchun navbatdagi orderni berdi. Bu haqda “Le Monde” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu order 59 yoshli fransuz Saloh Abu Nabuning o‘limi yuzasidan tergov olib borayotgan Fransiya Milliy aksilterror prokuraturasi (PNAT) so‘roviga ko‘ra berilgan. Qayd etilishicha, u 2017 yilda Suriya armiyasi vertolyotlari tomonidan Dar’a viloyatidagi uyida o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan. Prokuratura yangi order berish haqidagi iltimosiga Asad endi sud jarayonlaridan davlat daxlsizligiga ega emasligi bilan asoslagan.

Ma’lumot uchun, bu Suriya sobiq rahbariga nisbatan ikkinchi hibsga olish orderidir. Avvalgisi Asadning Suriya qo‘shinlari tomonidan kimyoviy qurol qo‘llaganlikda ayblanshi bilan bog‘liq edi. PNAT bu buyruqqa e’tiroz bildirishga urinib ko‘rgan, chunki sobiq prezident jinoiy ta’qibdan immunitetga ega bo‘lgan. Uning apellyatsiyasi Fransiya kassatsiya sudi tomonidan 2025 yil 26 martda ko‘rib chiqilishi kerak. Xabarga ko‘ra, Fransiya adliya tizimi Suriyaning yuqori martabali amaldorlarini hibsga olish uchun jami 14 ta order bergan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OCCRP surishtiruvchi jurnalistlar konsorsiumi hokimiyatdan ag‘darilgan va Rossiyaga qochgan Suriyaning sobiq rahbari Bashar Asadni “2024 yilning korrupsion amaldori” deb atagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Suriya Bashar Asad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing