Fransiya 60 santimetrli do‘l bilan qoplandi
Olam
−
01 iyul 2021 8468 1 daqiqa
Kecha, 30 iyun kuni Fransiya 60 santimetr balandlikdagi do‘l bilan qoplandi. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 29 iyun kuni Fransiya sharqida kuchli momaqaldiroq bo‘lgan, shundan so‘ng aholi punktlari do‘l ostida qolib, olti daqiqada o‘n millimetrgacha suv to‘plangan. Ayniqsa, Vogeza departamentida joylashgan Plomber-le-Ben shahri aholisi belkuraklar va qorni tozalovchi qurilmalar bilan muz uyumlarini tozalashlariga to‘g‘ri kelgan.
Xabarga ko‘ra, ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli shahar yaqinidagi trassada harakat deyarli to‘xtab qolgan. Bundan tashqari, do‘l drenaj tizimlarini yopib qo‘ygan va buning oqibatida toshqinlar yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bunday holat Ukrainang Lvov shahrida haftada ikki marotaba sodir bo‘lgandi. Shahar ko‘chalari suvostida qolgan, daraxtlar ag‘anab, uylarning tomlari shikastlangan edi. Eng kuchli chaqmoq esa Germaniyada kuzatilgan.
Diyora Abdurahmonova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025