“France football”ning qo‘ng‘irog‘i “Oltin to‘p” uchun intrigani yo‘q qildi
Sport
−
16 Oktabr 2023 11606 1 daqiqa
Amerikaning “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2022/2023 yilgi mavsum uchun “Oltin to‘p”ga ega chiqadi. Bu haqda “Bolasport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 13 oktyabr kuni Messi 2022/2023 yilgi mavsum yakunida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi haqida “France football” tomonidan oldindan xabardor qilingan. Argentinalik futbolchi faqat rasmiy taqdirlash marosimini kutishi va faoliyatidagi sakkizinchi “Oltin to‘p”ni olishi kerak.
“Oltin to‘p”ni topshirish marosimi 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘tgan mavsumda “Inter Mayami” hujumchisi klub miqyosidagi barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda qatnashib, 32 ta gol urgan va 25 ta golga assistentlik qilgan. Mavsum boshida Lionel PSJda o‘ynagandi. Bundan tashqari, futbolchi Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylandi.
Ta’kidlash joiz, Messidan tashqari “Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland mukofot uchun asosiy da’vogar sifatida qaralayotgandi, biroq sovrin topshirish kuni yaqinlashgani sari Messining imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr