Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev shartli ravishda ozod etildi
3-sahifa
−
06 dekabr 2023
20014Shubhali diniy mazmundagi materiallar saqlagani va u boshqa shaxslarga tarqatganlikda ayblanib, 7 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqadi. Bu haqda “Ezgulik” – inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
“Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev shartli ravishda muddatidan avval qamoqdan ozod qilindi. Hozir Navoiy-Toshkent yo‘lida uyiga qaytmoqda. Xayrli bo‘lsin!” deb yozgan Tashanov.
Uning QALAMPIR.UZ jurnalisti bilan suhbatda ma’lum qilishicha, Orifxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida ozod qilingan bo‘lishi mumkin.
Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ishi
Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev 2021 yilning 26 iyun kuni Olmazor tumanida joylashgan “To‘xtaboy” jome masjidida janjal ko‘tarib, jamoat tartibini va fuqarolar tinchligini buzganidan so‘ng qamoqqa olingandi.
Sud Fozilxo‘ja Orifxo‘jayevni O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida (“Mayda bezorilik”) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybli deb topib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.
Tekshiruv davomida huquq-tartibot idoralari xodimlariga Orifxo‘jayev o‘zining mobil telefonida shubhali diniy mazmundagi materiallar saqlagani va u boshqa shaxslarga ko‘rsatgani haqida ma’lumot olgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Fozilkhuja Arifxo‘jayev” foydalanuvchisi profilidagi ayrim nashrlar diniy fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi deb topilgan.
2022 yilning 26 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida sudlanuvchi Fozilxo‘ja Orifxo‘jayevga (1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi