Fojiali jazirama sabab Yevropa favqulodda choralar ko‘rmoqda

Olam

image

Bugun, 26 iyun kuni Yevropaning bir qator davlatlarida rekord darajadagi jazirama sabab hushyorlik kuchaytirildi. Qit’adagi kuchli issiqlik to‘lqini sabab Fransiyada spirtli ichimliklarni taqiqlashga sabab bo‘ldi. Bu haqida “Reuters” xabar berdi.

Buyuk Britaniyadan tortib Fransiya, Germaniya, Avstriya va Serbiyagacha bo‘lgan hududlarda issiq havo to‘lqini rekord darajada kuzatilmoqda. Mutaxassislar bu holatni iqlim o‘zgarishining navbatdagi oqibati sifatida baholamoqda. Ularning fikricha, Yevropa global isish ta’siri eng tez sezilayotgan mintaqalardan biri bo‘lib, ekstremal issiq to‘lqinlari tobora tez-tez va kuchliroq kuzatilmoqda.

Fransiyada yuqori harorat oqibatida kamida 55 kishi halok bo‘lgan. Parijda havo harorati 40,9 darajagacha ko‘tarilgan. Germaniyada esa kuchli issiq ta’sirida ayrim avtomobil yo‘llari shikastlangan.

Jazirama sabab ayrim madaniy maskanlar yopilgan, qishloq xo‘jaligiga ham zarar yetgan. Fransiyada qator festivallar bekor qilinishi so‘ralgan. Jumladan, Solidays musiqa festivali va Pride festivali tashkilotchilari tadbirlar qayta rejalashtirilishini ma’lum qilgan.

Esatib o‘tamiz, avvalroq G‘arbiy Yevropada kuzatilayotgan anomal issiqlik tufayli “Eurostar” kompaniyasi Parij-London yo‘nalishi bo‘yicha bir nechta poyezdlar qatnovi bekor qilinganini e’lon qilgandi.

Mumtozbegim Abdumo‘minova


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing