Foydalanilgan suvni soliqqa tortishning bozor mexanizmlari ishlab chiqiladi
Jamiyat
−
13 Fevral 2020 3888 1 daqiqa
O‘zbekistonda resurs soliqlarini hisoblash mexanizmi ilg‘or halqaro tajriba asosida qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.
Loyihada:
• qishloq xo‘jalik yerlarining toifasi va ball-bonitetidan kelib chiqqan holda, yerning normativ qiymatini aniqlash tartibi;
• foydalanilgan suv resurslarini soliqqa tortishning bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;
• foydalanilgan suv xajmlari hisobini yuritish, bunda sohaga zamonaviy AKT joriy qilish;
• suv resurslaridan o‘lchagich asboblari o‘rnatilmagan holda foydalanilganida suv iste’moli hajmini aniqlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, vazirlik va idoralar.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr