Fotoreportaj: Yaponiyada ro‘y bergan 7 balli zilziladan keyingi holat qanday?

Olam

image

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 13 fevral kuni Yaponiyada 7 balli zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu zilzila 150 ga yaqin odamga ta’sir ko‘rsatdi va 950 minggacha uy elektrsiz qoldi. 7,3 balli zilzila mamlakatning shimoli-sharqida yaqqol sezilgan. Xususan, poytaxt Tokioda ham. Keyinchalik yana bir necha marta silkinishlar sodir bo‘ldi. Ko‘chkilar tufayli ba’zi yo‘llar to‘sib qo‘yilgan, tezyurar poyezdlar harakati buzilgan. “Fukusima-2” atom elektr stansiyasida ishlatilgan yadro yoqilg‘isini saqlash uchun hovuzlardan radioaktiv suvning bir qismi otilib chiqdi. Rasmiylarning fikriga ko‘ra, bu yadroviy yoqilg‘ining sovishiga ta’sir qilmagan. Yaponiyadagi zilzilaning oqibatlari – QALAMPIR.UZ fotoreportajida.

Фото:Kyodo / Reuters

Fukusima prefekturasining Nihonmatsu shahridagi halqa yo‘lidagi ko‘chki.

Фото:Kyodo / Reuters

Fukusima prefekturasidagi devor kuchli zilzila oqibatida vayron bo‘ldi.

Фото:Kyodo / Reuters

Fukusima prefekturasining Soma shahridagi evakuatsiya markazi.

Фото:Kyodo / Reuters

Fukusima prefekturasining Koori shahridagi singan darvoza.

Фото:Issei Kato / Reuters

Ayol do‘konidagi singan idishlarni tozalamoqda.

Фото:TenzinMiyu / Twitter

Buzilgan yo‘l.

Фото:Kyodo / Reuters

Kuchli zilzila oqibatida yuzaga kelgan ko‘chki Fukusima prefekturasining Soma shahridagi Joban tezyurar yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

Фото:Issei Kato / Reuters

Kutubxonalardan biridagi zilzila oqibatlari.

Фото:Du Xiaoyi / XinHua / Global Look Press

Fukusima prefekturasining Soma shahridagi zilziladan keyin buzilgan bino.

Фото:Kyodo / Reuters

Ishchi spirtli ichimliklar do‘konidagi singan butilkalarni tozalamoqda.

Фото:Issei Kato / Reuters

Fukusima prefekturasining Ivaki ko‘chasida kuchli zilzila oqibatida binoning tashqi devori qulab tushdi.

Фото:Kimimasa Mayama / EPA / ТАСС

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

167

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing