Fotoreportaj: Toshkentda 8 mart qanday nishonlandi?

Jamiyat

image

8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni bir qancha Sharq va G‘arb mamlakatlarida an’anaviy bayram sifatida nishonlanib kelinadi. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham. Ammo ba’zi davlatlarda bahorning ushbu sanasi xotin-qizlar uchun bayram sifatida kutib olinmaydi. Ularning bu kunda nishonlaydigan o‘z bayramlari bor.

Masalan, Zambiyada 8 mart Yoshlar kuni, Liberiyada Qurbonlar xotirasi, Malayziyada Sulton, Suriyada esa Inqilob kuni sifatida keng nishonlanadi.
  
Ushbu sana xotin-qizlar bayrami sifatida ilk marta AQSHda, 1909 yildan 1903 yilgacha, fevral oyining oxirgi yakshanba kunlarida nishonlangan. 1911 yildan esa Avstriya, Daniya va Shveysariyada 19 mart kuni bayram qilina boshlandi. Keyinchalik esa bu bayram 12 may kuniga ko‘chirilgan. 

1914 yildan boshlab, 8 mart sanasi rasman bayram kuni etib belgilangan va o‘sha yildan beri ko‘pgina davlatlarda Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.
 
Bayram munosabati bilan bugun, 8 mart kuni Toshkent ko‘chalaridagi gul do‘konlari xaridorlar bilan gavjum. Gul narxlarining biroz ko‘tarilgani ham ko‘pchilik xaridorlarni cho‘chitmayapti. Sotuvchilarning aytishiga qaraganda, yaqin 2-3 kundan buyon eng ko‘p sotilayotgan gul – bu qizil atirgul. Bir dona qizil atirgulning narxi holatiga qarab 10 ming so‘mdan 15 ming so‘mgacha. 

QALAMPIR.UZ muxbiri Toshkentdagi bayram qanday o‘tayotganini fotoapparat ob’ektiviga muhrladi.

QALAMPIR.UZ tahririyati bugungi bayram bilan barcha xotin-qizlarni muborakbod etadi.

Berdiyev Ro‘zimurod


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

342

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing