Fotoreportaj: Ozarbayjonda G‘alaba paradi bo‘lib o‘tmoqda

Olam

image

Bugun, 10 dekabr kuni Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da bir yarim oy davom etgan qurolli to‘qnashuv va qariyb 30 yildan keyin Ozarbayjon yerlarining Armaniston mustamlakasidan qaytarib olinganini tantana qilmoqda. Hozirda Baku shahridagi Ozodlik maydonida Tog‘li Qorabog‘dagi g‘alabaga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tmoqda.

Avval xabar berilganidek, ushbu paradda qatnashish uchun Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Birinchi xonim Emine Erdo‘g‘an ham Ozarbayjonga yetib keldi.


G‘alaba paradida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, uning rafiqasi – vitse-prezident Mehribon Aliyeva, qizlari – Orzu va Leyla Aliyeva hamda o‘g‘li Haydar Aliyev ishtirok etmoqda.

G‘alaba paradida ishtirok etish uchun Turkiyadan katta delegatsiya tashrif buyurgan. Bular orasida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu va Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar ham bor. 

Paradda 150 ga yaqin texnika namoyish etiladi. Ular orasida birinchi bor taqdim etiladigan raketa uchirish moslamalari va havo hujumidan mudofaa tizimlari ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Ozarbayjon G'alaba paradi

Baholaganlar

313

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing