Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
Jamiyat
−
15 Oktabr 2019
5024Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-15 oktyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining yettinchi sammitida ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston rahbari bugun, 15 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgan. Bu haqda Ozarbayjonda bo‘lib turgan QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Prezidentlar so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, birodarlik, strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
Suhbatda turli yo‘nalishlarda imzolangan bitim va loyihalar, erishilgan o‘zaro manfaatli kelishuvlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish va aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha tomonlarning intilishi qat’iy va mushtarak ekanligi ta’kidlandi.
Do‘stona va ochiq ruhda kechgan muloqotda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat rahbarlari kecha, 14 oktyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashiga a’zo davlat rahbarlari uchun yozilgan kechki ovqat dasturxona atrofida norasmiy uchrashgan edilar.
LiveBarchasi