Foto: Shimoliy Koreya raketalarini ko‘z-ko‘z qildi

Olam

image

Kecha, 14 yanvar kuni Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda “Koreya Ishchi” partiyasining sakkizinchi qurultoyi sharafiga tantanali harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning “Markaziy telegraf” agentligi xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, paradda strategik suvosti ballistik va taktik raketalar hamda o‘ziyurar artilleriya moslamalarining so‘nggi namunalari namoyish etilgan.

“Dunyodagi eng qudratli qurol – strategik suvosti ballistik raketalar maydonda birin-ketin namoyish etildi”, deyiladi agentlik xabarida.

Shuningdek, mamlakat poytaxti Pxenyan markazidagi Kim Ir Sen maydonida bo‘lib o‘tgan tadbirda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi rahbari Kim Chen In ham ishtirok etgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Koreya Ishchi” partiyasi 1949 yilda asos solinganidan buyon mamlakatdagi hukmron partiya hisoblanadi. Vaholanki, KXDRda yana ikkita partiya rasman faoliyat yuritadi. Bular: “Koreya” sotsial-demokratik partiyasi, “Samoviy yo‘l yosh do‘stlari” partiyasi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya KXDR parad raketalar

Baholaganlar

388

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing