Foto: Ronaldu va uning turmush o‘rtog‘i o‘zbek choponida ko‘rinish berdi
Sport
−
27 dekabr 2020
54730Portugaliya terma jamoasi va Italiyaning “Yuventus klubi forvardi Krishtianu Ronalduning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges o‘zining Instagram’dagi sahifasiga o‘zbekistonliklarning milliy kiyimi bo‘lgan choponda tushgan suratini joyladi. Shundan so‘ng Ronalduning o‘zi ham o‘zbek milliy choponini kiyib ko‘rishga qaror qilgan.
“O‘zbekistondan mehr bilan tayyorlangan qo‘l mehnati”, deya choponning O‘zbekistondan keltirilishini tushuntirgan Rodriges.
Jorjina Rodrigesdan so‘ng, Krishtianu Ronalduning o‘z ham o‘zbek milliy choponini kiyib ko‘rishga qaror qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda uning ham o‘zbek choponida tushgan surati keng tarqaldi.
Ronaldu Italiyaning “Yuventus” jamoasida 2018 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Bungacha, u Ispaniyaning “Real”, Angliyaning “Manchester Yunayted” va Portugaliyaning “Sporting” jamoalarida o‘ynagan. 35 yoshli portugaliyalik besh karra “Oltin to‘p” sohibi, besh karra Chempionlar Ligasi g‘olibi, uch karra Angliya chempioni va ikki karra Ispaniya hamda Italiya chempionidir. Ronaldu UEFA Chempionlar Ligasi va Yevropa kubogi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi (132 ta gol). So‘nggi 10 mavsumda u olti marta musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan.
Jorjina Rodriges - ispaniyalik raqqosa, model, Krishtianu Ronalduning turmush o‘rtog‘i va to‘rtinchi farzandining onasi. Rodriges bugungi kunda oilasini o‘zining asosiy ishi deb biladi. U nafaqat bolalarni tarbiyalashda ishtirok etishi, balki ajoyib ko‘rinishga ham ega bo‘lishi kerakligini doimo ta’kidlab keladi.
LiveBarchasi