Menga xalq katta unvon berib bo‘lgan - Mirziyoyev deputatning unvon haqidagi taklifini rad etdi 

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak Prezidentga unvon berish masalasini ko‘tardi.

“Siz nozik masala  - unvon haqida gapirdingiz. Bu birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Xalqimiz menga katta unvon berib bo‘lgan. Bundan katta unvon hech kimda bo‘lmasa kerak. Bu xalq ishonchidir.

Mazkur unvonga loyiq bo‘lish har kimga ham nasib etmaydi. Birgalikda harakat qilib, odamlarimizni rozi qilsak, bundan katta unvon yo‘q” deya Shavkat Mirziyoyev javob qaytargan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Viktor Pak

Baholaganlar

947

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing