Foto: Xorazmda bozor tomi qulab tushdi
Jamiyat
−
14 mart 2021 11880 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi Xonqa buyum bozorining tom qismi qulab tushgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, haqiqatan ham, 14 mart kuni “Xonqa buyum savdo” MCHJ (buyum bozori) binosi tom qismi belgilangan yuk ko‘tarmasidan oshiqroq yuklama oqibatida qulab tushgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi va hamkor tashkilotlar tomonidan sodir bo‘lgan hodisa oqibatida yuzaga kelgan noqulayliklar to‘liq bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 13 mart kuni Xorazm viloyati Xonqa tumani sudi binosining tomi kuchli shamol oqibatida qulab tushgandi.

Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025