Kurtua va Marselo “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi
Sport
−
10 mart 2020
5608Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua va himoyachi Marselo "Betis"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi. Tibbiy tekshiruvlar natijasiga ko‘ri, ikkala futbolchi joriy yilning 13 mart kuni La liga doirasida "Eybar"ga qarshi va Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvlarda maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Real" futbolchilarning qachon safga qaytishi haqida rasman ma’lum qilgani yo‘q. Lekin, darvozabon Tibo Kurtua kamida 2 haftadan so‘ng safga qaytishini tahmin qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Tibo Kurtua "Real Madrid" tarkibida La liga doirasida 24 uchrashuvda maydonga tushgan. Marselo esa "Real" tarkibida 11ta o‘yin o‘tkazgan va 2 marotaba hakam tomonidan ogohlantirilgan.
LiveBarchasi