Forish tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Ikrom Matiyev Jizzax viloyati Forish tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 19 yanvar kuni Xalq deputatlari Forish tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quranboyev, Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiya kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, Forish tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdivali Mustanov boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan, Forish tuman hokimi lavozimiga Ikrom Sindorovich Matiyev nomzodini tavsiya etgan.

Ushbu taklif Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Ikrom Sindorovich Matiyev Yangiobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing