“Forbes” o‘zbek so‘mini eng zaif valyutalardan biriga chiqardi
Jamiyat
−
18 iyul 2023 18321 2 daqiqa
O‘zbek so‘mi dunyodagi eng zaif valyutalar o‘ntaligida 7-o‘rinni qayd etdi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.
Mazkur reyting valyutalarning AQSH dollariga nisbatan nisbiy qiymatidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, eng qadrsiz pul birliklari quyidagilar:
1. Eron Riali (1 dollar — 42 273 Eron riali)
2. Vetnam dongi (1 dollar — 23 711 Vetnam dongi)
3. Laos kipi (1 dollar — 19 072 Laos kipi)
4. Serra-Leone leonesi (1 dollar — 17 665 leone)
5. Indoneziya rupiyasi (1 dollar — 14,993 rupiya)
6. Livan funti (1 dollar — 14,986 funt)
7. O‘zbek so‘mi (1 dollar — 11 608,3 so‘m)
8. Gvineya franki (1 dollar — 8,583 frank)
9. Paragvay guarani (1 dollar — 7249 guaran)
10. Uganda shillingi (1 dollar — 3669 shilling)
“O‘zbek so‘mi dunyodagi yettinchi eng zaif valyuta: 1 so‘m 0,000087 dollarni tashkil qiladi yoki 1 dollarni 11 516 o‘zbek so‘mi evaziga sotib olish mumkin. Mamlakat ammo past iqtisodiy o‘sish, yuqori inflyatsiya, ishsizlik va korrupsiya bilan kurashishda davom etmoqda”, deyilgan “Forbes” tahlilida.
19 iyul uchun belgilangan rasmiy kursga ko‘ra, o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan ham, yevroga nisbatan ham rekord darajada tushib ketgan.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,87 so‘mga oshdi va 11 608,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 24,70 so‘mga ko‘tarilib, 13 056,71 so‘m etib belgilandi.
Ma’lumot uchun, o‘zbek so‘mi 1994 yil 1 iyul kunidan muomalaga kiritilgan. Aynan shu yildan so‘m pul birligi ishlatila boshlandi va hozirgi vaqtga qadar mamlakat hududida yagona to‘lov vositasi sifatida amal qilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr