Forbes 2019 yilning eng serdaromad sportchilari nomini e’lon qildi
Sport
−
14 dekabr 2019
6276Forbes jurnali 2019 yilning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi. Top-100 ro‘yxatidan 3 futbol yulduzi – argentinalik Lionel Messi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va braziliyalik Neymar o‘rin oldi.
Reytingning birinchi pog‘onasida “Barselona” va Argentina terma jamoalari sardori Lionel Messi turibdi. U tugab borayotgan yilda 127 million yevro jamg‘argan. “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa doimiy raqibidan ancha ortda qolib, bu yilgi hisobni 105 million yevro bilan yopmoqda. “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar 105 million daromad bilan uchinchi o‘ringa ega chiqdi.
Reytingning boshlang‘ich o‘nligidan meksikalik bokschi Saul Alvarez, shveysariyalik tennischi Rojer Federer, ikki nafar amerikalik futbolchilar Rassel Uilson va Aaron Rojers, shuningdek, NBA basketbolchilaridan uch nafari LeBron Jeyms, Stiven Kerri va Kevin Dyurant o‘rin olgan.
Shuningdek, ushbu ro‘yxatdan irdanliyalik MMA jangichisi Konor Makgregor ham o‘rin olgan. U ro‘yxatning 21-pog‘anasini zabt etgan.
LiveBarchasi