Foizlar o‘rniga komissiyalar: Tadbirkorlar nega savdoni moliyalashtirishni tanlashi kerak?

Biznes

image

Biroq, yaxshi tomonlari ko‘p.  “Pul qiymati”dan boshlasa:  savdo ishini moliyalashtirish kreditdan ko‘ra  arzonroqqa tushadi.  Bundan tashqari, moliyalashtirilgan summani  bir vaqtda va  muddat oxirida  – savdo biznesi uchun tovarni sotib bo‘lgandan so‘ng  to‘lash  mumkin.

To‘liq solishtirish uchun  tovarlar importining “kredit” chizmasiga  qaytamiz. Shunday qilib, avval kredit olinadi, keyin xorijiy hamkorga   oldindan to‘lov yuboriladi. Keyin tovar kelishi kutiladi – bundan tashqari, hech qanday fors-majorlarsiz, muvaffaqiyatli yetkazib  berilsa bo‘ldi.

Shundan so‘ng O‘zbekistonda tovarni olgach, uni sotish  jarayoni – daromad olish bosqichi  boshlanadi. Kredit bu vaqtgacha “taqillatadi”.

Ko‘pchilik  kredit to‘lovlarining birinchi oylaridan  qarz olishga majbur bo‘ladilar, keyin buni ham ustamasini to‘laydilar.  

Savdoni moliyalashtirish jarayoni butkul boshqacha bo‘ladi. Mijoz tovar sotib olish  va  xorijiy yetkazib beruvchidan  import qilishni rejalashtiradi.

U "Kapitalbank"ga  murojaat qiladi, ammo kredit olish emas, balki savdoni moliyalashtirish uchun.  "Kapitalbank" bu loyihani va qarz  oluvchini kredit olingandagidek  baholaydi.

Ammo keyin hammasi boshqacha tus oladi: "Kapitalbank"  dunyo bo‘ylab  hamkor banklaridan biriga (tovarni yetkazib beruvchi qaysi mamlakatda ekanligiga  bog‘liq) yetkazib beruvchiga   moliyalashtirish opsiyasi bilan akkreditiv ochishni topshiradi. Bu dunyo amalaiyotida tabiiy holat va xorijiy yetkazib beruvchilar bunday  jarayon bilan tanishlar hamda bu ishlarga tayyorlar.

Shunday qilib, bank yetkazib beruvchining nomiga akkreditiv  ochadi. Yetkazib beruvchi bank akkreditivini olgach, tovarni jo‘natadi. Tovar jo‘natilgandan so‘nggina  xorijiy bank akkreditivni fosh qiladi, ya’ni  yetkazib beruvchi  pul oladi. Ko‘p hollarda, yetkazib beruvchi  tovar O‘zbekistonga  kelib tushgandan so‘ng akkreditivni fosh qilishga rozi  bo‘ladi.

Yevropa mamlakatlari amaliyotida  akkreditivdan barcha kompaniyalar muntazam ravishda foydalanadilar, chunki bu jarayon qulay, manfaatli va ishonchli. 
Bugungi kunda  "Kapitalbank" AKB  ko‘pgina dunyo mamlakatlaridagi banklar va moliyaviy tashkilotlar bilan  hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.  Eng faol loyihalar Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Germaniya va Avstriya (butun Yevroittifoqni egallagan) bilan  amalga oshiriladi.

Yangi hamkorlardan Sommerzbank AG "Kapitalbank"ni  2 mln yevro miqdorida  import shartnomalar bo‘yicha  moliyalashtirgan,  kelajakda zarur bo‘lganda, bu summa ortishi mumkin. Avvalroq esa,  avstriyalik  RaiffeisenBank "Kapitalbank" uchun  shunga o‘xshash yo‘nalishni ochdi.

"Kapitalbank" ATB da Savdolarni moliyalashtirish shartlari to‘g‘risida bankning rasmiy sayti yoki (+998 78) 148 40 08 telefon raqami orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

AKB ATB

Baholaganlar

39

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing