“Floydning o‘limi”. AQSHdagi tartibsizliklarda 11 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

AQSHda Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan norozilik va tartibsizliklarda bugungacha kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda KTLA xabar bermoqda.

Xabar berilishicha, qurbonlar Chikago, Detroyt, Omaxa, Davenport, Oklend va Luisvill aholisi ichidandir.

Ta’kidlanishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati afro-amerikaliklardir.

Shuningdek, kanal mamlakatning turli shaharlarida yuzlab jabrlanganlar haqida xabar bergan, ammo ularning aniq sonini aniqlashning imkoni yo‘qligini ma’lum qilgan.

Associated Press’ning so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, norozilik va tartibsizliklar paytida 4,4 mingga yaqin odam hibsga olingan. Amerika Qo‘shma Shtatlarining taxminan 40 shahrida komendantlik soati joriy etildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afro-amerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turadi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing