Floyd Meyvezer ringga qaytishini ma’lum qildi
Sport
−
17 noyabr 2020 6160 1 daqiqa
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer ringga qaytmoqda. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida e’lon qilgan.
Unga ko‘ra, bokschi 2021 yilning fevralida ringga qaytadi.
Meyvezerning qaytishi 28 fevral kuni Yaponiyadagi "Tokio Doum" arenasida o‘tkaziladigan shouning bir qismi bo‘lishi mumkin. Ma’lum qilinishicha, tadbirda jahon miqyosidagi jangchilar ishtirok etishadi. Amerikalikning raqibi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, bokschi oldin ham xuddi shunday tadbirda qatnashgan. 2018 yilda Meyvezer yaponiyalik kikbokschi Tenshin Natsukavaga qarshi ringga ko‘tarilib, uni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan.
"Tokio, Yaponiya, men 2021 yilda qaytaman. Men yo‘ldaman", deb yozgan amerikalik.
Floyd Meyvezer professional faoliyatini 50 g‘alaba va hech qanday mag‘lubiyatsiz yakunlagan.
Live
Barchasi