Floridaga borgan Bayden quvib solindi
Olam
−
02 iyul 2021
25081Florida shtatida (AQSH) turar joy binosi qulashi natijasida bedarak yo‘qolgan fuqarolarning ba’zi qarindoshlari voqea joyiga kelgan AQSH Prezidenti Jo Baydendan shaharni tark etishni talab qilishdi. Bu haqda CNN xabar bergan.
“Unga ketishini ayting va imkon qadar tezroq. Uning kelganidan juda xafa bo‘ldim, farzandlarim qidiruv bir soniya ham to‘xtatilishini istamaydi”, degan turmush o‘rtog‘i va kuyovi yo‘qolgan Soraya Koen.
Ta’kidlanishicha, Jo Bayden Florida shtatidagi uy qulashi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikka qurbonlarning va bedarak yo‘qolgan aholining qarindoshlari bilan suhbatlashish uchun kelgan.
Avvalroq, bino qoldiqlari tagidan 18 kishining jasadi topilgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, 24 iyun kuni AQSHning Florida shtatining Sarfsayd shahrida 12 qavatli turar-joy binosi qulab tushgandi. Ko‘p qavatli binoning yarmi to‘liq, ikkinchisi qisman qulab tushgandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden ushbu vaziyat yuzasidan favqulodda holat e’lon qilgan. Davlat rahbari shtatga federal yordam ko‘rsatishni buyurgan. Shuningdek, u Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligiga zarur favqulodda choralarni amalga oshirishda yordam berishga hamda favqulodda vaziyat oqibatlarini yumshatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va resurslarni o‘z xohishiga ko‘ra safarbar etishga vakolat bergan.