Floridada samolyot katta yo‘lga qulab tushdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
10 fevral
5070Kecha, 9 fevral kuni Bombardier Challenger 600 samolyoti Florida shtatidagi shossega qulashi oqibatida uchuvchi bilan birga bortida bo‘lgan jami 5 kishidan 2 nafari vafot etdi. Bu haqda “Associated Press” ma’lum qildi.
Federal aviatsiya ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, halokat Neypls shahri yaqinidagi xalqaro avtomagistral yo‘lida mahalliy vaqt bilan soat 15:15 da sodir bo‘lgan.
Ochiqlanishicha, favqulodda qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyot avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Guvohlar voqea joyidan suratga olingan video lavhalarda atrofni quyuq tutun egallab olganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomagistralda transport harakati cheklangan.
Aslida samolyot Kolumbus shahridagi Ogayo shtati ijroiya aeroportidan Neypls aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Qo‘nishga ikki daqiqa vaqt qolganida uchuvchi aviadispetcherlar bilan bog‘lanib, samolyotning ikkala dvigateli ham ishlamay qolgani haqida xabar beradi va favqulodda qo‘nishga ruxsat so‘raydi. Kontroller samolyotni qo‘nishiga ruxsat beradi, biroq uchuvchi uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqolmasligi sabab uchoqni yo‘l chetiga qo‘ndirishga harakat qiladi, biroq bu voqea fojia bilan yakunlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 yanvar kuni Rossiyada bortida 63 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchragan edi.
LiveBarchasi