Flik faoliyatidagi eng yirik mag‘lubiyatga uchradi
Sport
−
13:57 995 1 daqiqa
Kecha, 12 fevral kuni “Atletiko Madrid” Ispaniya kubogi yarim finalining birinchi uchrashuvida “Barselona” ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi.
Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan bahs 4:0 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. Uchrashuvda dastlab 6-daqiqada Erik Garsiya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 14-daqiqada Antuan Grizmann, 33-daqiqada Ademola Lukmanning gollari hisobni yiriklashtirdi. Birinchi bo‘lim yakunida, 45+2-daqiqada Xulian Alvares jamoasining 4-goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” 2020 yil 14 avgust kuni Chempionlar ligasi doirasida “Bavariya”ga qarshi o‘yinda (2:8) mag‘lub bo‘lganidan beri ilk bor birinchi bo‘limning o‘zida to‘rtta gol o‘tkazib yubordi. Ushbu muvaffaqiyatsizlik Xansi Filk uchun murabbiylik faoliyatidagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyat bo‘ldi. Shu tariqa, “Atletiko Madrid” Ispaniya kubogi yarim finalining birinchi uchrashuvidan so‘ng finalga chiqish uchun asosiy favoritga aylandi.
Jamoalar o‘rtasidagi Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvi joriy yilning 3 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Kataloniyaliklar musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Live
Barchasi