FQB Trampning qarorgohidan “o‘ta maxfiy” hujjatlarni topdi

Olam

image

AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) xodimlari sobiq Prezident Donald Trampning Florida shtatidagi Mar-a-Lago mulkida tintuv o‘tkazish chog‘ida 11 to‘plam maxfiy hujjatlarni musodara qildi. Bu haqda “The Wall Street” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Mar-a-Lago qarorgohidan hujjatlar, fotosuratlar va eslatmalar solingan 20 ga yaqin quti olib chiqilgan. Ularning orasida Trampning sobiq maslahatchisi Rojer Stounni afv etish to‘g‘risidagi farmon hamda “Fransiya Prezidenti” haqidagi ba’zi ma’lumotlar bor. 

Hammasi bo‘lib 11 ta maxfiy hujjatlar to‘plami olib qo‘yilgan, ular orasida “o‘ta maxfiy” deb tasniflangan, faqat “maxsus davlat muassasalari”da saqlanishi mumkin bo‘lgan materiallar ham bor. 

Eslatib o‘tamiz, sobiq Prezident Donald Tramp joriy yilning 8 avgust kuni FQB agentlari uning Floridadagi qarorgohida tintuv o‘tkazgani haqida xabar bergandi.

Shundan so‘ng, Federal qidiruv byurosi (FQB) AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning Floridadagi mulkida yadroviy qurolga oid maxfiy hujjatlarni qidirgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

604

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing