Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
Olam
−
08 Oktabr
4094Amerikalik Jon Xopfild va kanadalik Jefri Xintonga “sun’iy neyron tarmoqlardan foydalangan holda mashinani o‘rganish asosidagi fundamental kashfiyotlar va ixtirolari” uchun fizika bo‘yicha 2024 yilgi Nobel mukofotiga loyiq ko‘rildi. Bu haqdagi Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasining qarori Stokgolmda bugun, 8 oktyabr kuni Nobel qo‘mitasi tomonidan e’lon qilindi.
Hammasi bo‘lib, 1901 yildan beri fizika bo‘yicha Nobel mukofoti 117 marta berilgan va 224 kishi uni qo‘lga kiritgan. Mukofot miqdori 11 million shved kronasini (taxminan 825 ming yevro) tashkil etadi.
O‘tgan yillardagi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari
2023 yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Ogayo universitetidan (AQSH) Per Agostini, Maks Plank instituti va Myunxendagi Lyudvig Maksimilian universiteti (Germaniya) xodimi Ferens Kraus va Lund universitetidan (Shvetsiya) Ann LʼYuilega berildi. Mukofot “moddadagi elektronlar dinamikasini o‘rganish uchun attosekundlik yorug‘lik impulslarini yaratuvchi eksperimental usullar” uchun berilgan.
Fizika bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari amerikalik Jon Klauzer, fransuz Alen Aspe va avstriyalik Anton Saylingerdir. Ular ushbu mukofotga kvant texnologiyasining yangi davriga asos solgan eksperimental asboblarni ishlab chiqqani uchun sazovor bo‘lgan.
“Kvant holatlarini va ularning barcha xossalarini boshqarish qobiliyati bizga kutilmagan potensialga ega vositalarga kirish imkonini beradi”, deb tushuntirgan qo‘mita o‘z qarorini.
Fizika bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti nemis olimi Klaus Xasselman, italiyalik Jorjo Parizi va yapon-amerikalik Syukuro Manabega berildi. Xasselman va Manabe “Yer iqlimini fizik modellashtirish, o‘zgaruvchanlikni miqdoriy tahlil qilish va global isishni ishonchli bashorat qilish” uchun mukofotlangan.
Nobel haftaligi davom etmoqda
Bir kun avval fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha sovrindorlar nomi e’lon qilingani bilan Nobel haftaligi ochildi. Mukofot Viktor Ambros va Gari Ravkunga mikro RNKlarni kashf etgani uchun berildi.
9 oktyabr kuni kimyo, 10 oktyabrda esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e’lon qilinadi. 11 oktyabr kuni Osloda Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, 14 oktyabrda esa Shvetsiya banki tomonidan 1968 yilda ta’sis etilgan iqtisod bo‘yicha Alfred Nobel mukofoti laureati nomi e’lon qilinadi.
Mukofotlar 1901 yildan beri berilib kelinmoqda
Besh xil Nobel mukofoti (fiziologiya va tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot va tinchlik mukofoti) dinamit ixtirochisi Alfred Nobelning irodasi bilan ta’sis etilgan va 1901 yildan beri berilib kelinmoqda. 1969 yildan boshlab, Shvetsiya banki tashabbusi bilan Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha Nobel mukofoti norasmiy ravishda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti deb ham ataladi. Tinchlik uchun Nobel mukofoti Norvegiya poytaxti Osloda, qolganlari Shvetsiya poytaxti Stokgolmda topshiriladi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr