Fitso suiqasddan bir oy oldin bunday xavfni bashorat qilgan
Olam
−
16 may
8113Kecha, 15 may kuni suiqasdga uchragan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso voqealarning xuddi shunday rivojlanishini bir oy oldin bashorat qilgan edi. U aprel oyida Facebook’dagi sahifasida vatandoshlariga videomurojaat qilib, respublika hukumat koalitsiyasiga kiruvchi partiyalarning yetakchi slovak siyosatchilaridan biriga suiqasd uyushtirish xavfi borligini tan olgan.
Fitsoning ta’kidlashicha, liberal muxolifatga yaqin bo‘lgan ommaviy axborot vositalari "hukumat siyosatchilarini odobsiz haqorat qilmoqda".
Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat siyosatidan umidsizlik “Denník N” va “Aktuality” yangiliklar portallari, shuningdek, SME gazetasiga faol zarar yetkazmoqda.
"Men bu xafagarchilik hukumatning yetakchi siyosatchilaridan birining o‘ldirilishiga aylanishini kutyapman", degan Bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 may kuni Slovakiya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Bosh vazir Robert Fitso tashqarida yig‘ilganlar oldiga chiqqanida, unga qarata o‘q uzilgandi. Shundan so‘ng, Fitso zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Xalqaro maydonda ushbu hujum qo‘rquv va g‘azab bilan qarshi olindi. Qator dunyo mamlakatlari yetakchilari ushbu holatga nisbatan o‘z reaksiyalarini bildirdi.
LiveBarchasi