Firma ishchilari AQSHga viza olishni va’da qilib, ikki kishini chuv tushirdi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2019
4719Toshkentda ikki kishiga AQSHga viza olib berishni va’da qilib, ularning pullarini olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan xususiy firma ishchilari fosh bo‘ldi.
Shayxontoxur tumani IIO FMBda jinoiy ish bo‘yicha olib borilgan tergov davomida aniq bo‘lishicha, 2018 yilning 28 noyabr kunida xususiy firmalardan birining ishchilari 26 yoshli Xusan X. va 25 yoshli Dilmurod J.lar 34 yoshli Sunnatillo R.ning ishonchiga kirib, unga AQSHga viza olishda yordam berishlarini va’da qilishgan. Ular o‘z “xizmatlari” uchun 4000 AQSH dollari olib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.
Joriy yilning bahorida shu yigitlar 46 yoshli Munojat M.ga uning o‘g‘li uchun AQSHga talabalik vizasini olishda yordam berishlarini va’da qilishgan. Ayol unga 7 000 000 so‘m bergan, ammo ular va’dalarida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.
Xusan va Dilmurodlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi