Firibgarlar asosan qaysi toifa odamlarning kartasidan pul o‘g‘irlaydi?

Foydali

image

Firibgarlar ko‘pincha erkaklarning bank kartalaridan pul o‘g‘irlaydi. 57 foiz holatda ular firibgarlarning “o‘ljasi”ga aylanadi. Shu bilan birga, ayollar kamdan-kam hollarda jinoyatchilarning qurboni bo‘lishadi (43 foiz). Bu ularning tug‘ma ehtiyotkorligi bilan bog‘liq, dedi Rossiyaning “Fintex” tijorat banki boshqaruvi raisi Tatyana Fedorsova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 28-37 yosh oralig‘ida bo‘lganlar firibgarlarning qurboniga aylanadi.

Ekspertning ta’kidlashicha, 25 yoshdan kichik bo‘lganlar bir hisobdan boshqasiga pul o‘tkazishdagi tajribasizliklari ortidan firibgarlarning tuzog‘iga ilinib qoladi.

"Yoshlikdagi beparvolik va xarakterdagi ochiqlik, firibgarlar uchun kalit vazifasini o‘taydi. Ular tez va oson pul topish haqida gapirishadi, yoshlar esa bunga munosabat bildiradi va shaxsiy ma’lumotlarini almashishadi”, deydi Fedorsova.

Shu bilan birga, keksalar soddaliklari sababli o‘z kartalari haqidagi ma’lumotlarni begonalarga berishga rozi bo‘lishadi. Shu sabab ular boshqa toifalarga qaraganda firibgarlarga olti marta ko‘proq aldanishadi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, oliy ma’lumotli odamlar bunday holatga uchrashlari uch baravarga ko‘proq.

Mutaxassisning aytishicha, yolg‘iz yashaydigan yoki nikohdagi fuqarolar ham firibgarlar tuzog‘iga tushuvchi toifadagi odamlar sirasiga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik bank kartasi

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing