Finlyandiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
Olam
−
25 mart 2021
3594Finlyandiyaning Turku shahrida koronavirusning yangi Janubiy Afrika shtammiga o‘xshash turi topildi. Bu haqda shaharning Markaziy universitet shifoxonasi xabar bergan.
“Aniqlangan shtamm Janubiy Afrika shtammi bilan bir xil emas, taxminlarga ko‘ra, u yana mutatsiyaga uchragan”, deyiladi olimlar bayonotida.
Shtamm mahalliy talabalar orasida tarqalyapti. Ulardan hech biri shifoxonaga yotqizilmagan, negaki bemorlarda kasallikning yengil alomatlari namoyon bo‘lgan. Shu bilan birga, virus yuqumliroq – hozirgacha 90 dan ortiqodamda aniqlangan.
“Ushbu shtamm Janubiy Afrika variantining o‘ziga xos xususiyatlariga ega, ammo u ko‘plab boshqa mutatsiyaarni ham o‘z ichiga oladi”, degan virusologiya bo‘limi bosh shifokori Tyutti Vuorinen.
Mutatsiyaning kelib chiqish manbasi hozircha aniqlanmagan. Ayni vaqtda olimlar virusning jami irsiyatini olish ustida ish olib boryapti.
Ma’lumot uchun, finlyandiyada 73 516 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 809 nafari vafot etgan.