Finalissimaning barcha chiptalari ikki soatda sotib bo‘lindi

Sport

image

2024 yilgi Yevropa chempioni Ispaniya hamda 2024 yilgi Amerika Kubogi g‘olibi Argentina o‘rtasidagi Finalissima uchrashuvi uchun chiqarilgan barcha chiptalar ikki soat ichida sotib bo‘lindi. Bu haqda “beIN SPORTS” nashri xabar berdi.

Uchrashuv joriy yilning 27 mart kuni Doha shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘yin uchun ajratilgan barcha 88 966 ta chipta bir necha soat ichida sotilib ketgani mazkur bahsga bo‘lgan ulkan qiziqishni ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, Lionel Messi va Lamin Yamal o‘rtasidagi qarama-qarshilik muxlislar e’tiborini tortmoqda.

Final o‘yini argentinaliklar 2022-yilgi Jahon chempionati finalida Fransiyani mag‘lub etgan “Lusail” stadionida tashkil etiladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, chipta narxlari 185 dollardan, VIP-paketlar esa 1020 dollardan boshlangan.

Ma’lumot uchun, Argentina amaldagi Finalissima g‘olibi hisoblanadi. 2022 yilda Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tgan uch Lionel Skaloni shogirdlari Italiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Ispaniya Finalissima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing