Finaldagi g‘alaba uchun PSJ futbolchilari qancha pul oladi?
Sport
−
18:50 1807 1 daqiqa
Bugun, 30 may kuni PSJ va “Arsenal” jamoalari o‘rtasida Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda parijliklar g‘alaba qozonsa, futbolchilarga katta pul mukofoti va’da qilingan. Bu haqda Fransiyaning nufuzli “L’Équipe” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, PSJ rahbariyati jamoa futbolchilariga Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun har biriga 1 million yevro miqdorida bonus to‘lashni rejalashtirgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, bunday bonuslar odatda mavsum boshida klub rahbariyati va jamoa sardorlari o‘rtasida kelishib olinadi. PSJda hozirgi sardorlar qatoriga Markinos, Ashraf Hakimi, Usmon Dembele va Vitinya kiradi.
2025-2026 yilgi Chempionlar ligasi finalida PSJ g‘alaba qozonsa, klub kema-ket ikkinchi mavsum ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan jamoa bo‘ladi.
O‘tgan yilgi finalda PSJ “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Xabarlarga ko‘ra, parijliklar o‘shanda ham xuddi shuncha mukofot puli olgan.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasi final uchrashuvi Budapesht shahridagi “Pushkash Arena” stadionida Toshkent vaqti bilan 21:00 boshlanadi. Final bahsini germaniyalik hakam Daniel Zibert boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

Live
Barchasi