Finalda kim raqib bo‘lishi muhim emas – Abbosbek Fayzullayev
Sport
−
17 aprel
5533Moskvaning SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev armiya jamoasining Rossiya kubogi yarim finalida “Baltika” bilan o‘yindagi g‘alabasi (2:0) haqida fikr bildirdi. Fayzullayev muxlislarga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildirib, SSKA uchun kubokning finalida qaysi jamoa bilan o‘ynash muhim emasligini ham ta’kidladi.
“Bu muhim kubok o‘yini edi, biz maydonga chiqib, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Muxlislarga kelib, shunday muhit yaratgani uchun rahmat, bu bizga katta yordam berdi. Keyingi bosqichda kimga raqib bo‘lish muhim emas. Finalga faqat kuchli jamoalar chiqadi. Finalda yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz muhim”, deydi Fayzullayev.
SSKAning RPL kubogi finalidagi raqibi bugun aniqlanadi. Yarim finalning javob o‘yinida “Zenit” va “Spartak” to‘qnash keladi. Birinchi o‘yin peterliklarning foydasiga hal bo‘lgan (2:1).
Ma’lumot uchun, 20 yoshli Fayzullayev joriy mavsum armiyachilar safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev Qatarda o‘tkazilayotgan Osiyo kubogida ishtirok etishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi