Filippinga asteroid tushdi (video)

Bu qiziq

image

2024 RW1 asteroidi Tinch okeani janubi uzra Yerga qulab tushdi va Filippin osmonida 5 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:45 da kuchli chaqnash hosil qildi. U atmosferada yonib ketdi. Bu haqda “New Scientist” xabar berdi.

Astronomlar kecha, 4 sentyabr kuni ertalab Yerga yaqinlashib kelayotgan kattaligi bir metrgacha yetadigan asteroidni payqashdi. U AQSHning Arizona shtatidagi rasadxona mutaxassislari tomonidan aniqlangan. Asteroid dastlab CAQTDL2 deb nomlangan, keyin esa 2024 RW1 deb o‘zgartirilgan. Uning tushish tezligi sekundiga taxminan 17,6 kilometr yoki soatiga 63 360 kilometrni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda kosmik ob’ektning qulashi aks etgan bir nechta videolar e’lon qilindi. Tasvirlar Filippin shimolidan olingan.


Maqola muallifi

Teglar

asteroid Filippin 2024 RW1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made