Filippindan Yaponiyaga yo‘l olgan samolyot halokatga uchradi
Jamiyat
−
29 mart 2020
9269Filippin poytaxti Manila shahridagi xalqaro aeroportda yo‘lovchi samolyotining qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, katta bo‘lmagan samolyot Yaponiyaga parvoz qilgan edi. Avariya oqibatida bortda bo‘lgan 8 yo‘lovchining barchasi halok bo‘ldi.
Dastlabki tekshiruvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, halokatga uchragan samolyot “Lion Air” aviakompaniyasiga qarashli bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, avariyaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Voqea joyiga o‘t o‘chirish va tibbiyot xizmati xodimlari yetib kelgan.
LiveBarchasi