Filippindagi to‘fon qurbonlari soni 155 taga yetdi

Olam

image

Filippinda sodir bo‘lgan “Nalji” tropik bo‘ronidan 4,23 milliondan ortiq odam jabr ko‘rdi. 155 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xavflarni oldini olish va tabiiy ofatlarni boshqarish bo‘yicha milliy kengash ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 355,4 ming nafardan ortiq fuqaro o‘z uyini oldindan tark etgan. Kamida 129 kishi turli tan jarohatlari olgan, 34 kishi esa bedarak yo‘qolgan.

Respublikaning 13 ta hududida elementlarning ta’siri bilan bog‘liq 1,53 ming hodisa, jumladan, suv toshqinlari va ko‘chkilar qayd etilgan. Bo‘ron 24,9 ming uyga zarar yetkazgan va 3 mingdan ortiq binolarni vayron qilgan. 671 ta infratuzilma ob’ektiga yetkazilgan zarar 71,37 million dollarga baholangan.

Tabiiy ofat oqibatida 503 ta yo‘l va 119 ta ko‘prik shikastlangan. 359 ta shaharda elektr ta’minotidagi uzilishlar qayd etilgan bo‘lsa, 252 tasida u tiklangan. 38 ta shaharda aloqa, 11 tasida esa suv ta’minotida muammolar mavjud.

Ma’lum bo‘lishicha, 666 ta ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan. 520 ta shahar favqulodda vaziyatda. Qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar 48,33 million dollarga baholangan. Hukumat yordam uchun 2,73 million dollar ajratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing