Filippindagi suv toshqinlari 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Olam

image

Filippinda suv toshqinlari oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, yetti kishi turli tan jarohatlari oldi, ikki kishi esa bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashiga tayanib “Almayadeen” nashri xabar berdi.  

Filippindagi noqulay ob-havo tufayli yuzaga kelgan suv toshqini respublikaning 13 ta hududida yashovchi 523,9 mingdan ortiq aholisiga zarar yetkazdi. Umumiy hisobda qiymati 43,6 ming dollar bo‘lgan 530 ta turar-joyga, 3 million dollarlik 137 ta infratuzilma ob’ektlariga hamda 5,05 million dollarlik qishloq xo‘jaligiga zarar yetgan.

Shuningdek, 123 ta evakuatsiya markaziga 71,4 mingdan ortiq odam ko‘chirilgan. 5,89 ming kishi uyini oldindan tark etgan. Respublikaning 12 ta hududida tabiiy ofat bilan bog‘liq 730 ta hodisa aniqlandi. Suv toshqinlari 158 ta yo‘l va 42 ta ko‘prikni vayron qilgan hamda 24 ta dengiz portiga zarar yetkazdi. 40 ta shaharda elektr ta’minotida uzilishlar qayd etildi. 

Bundan tashqari, hozirda 488 ta shahar va 110 ta munitsipalitetda tegishli ravishda ta’lim muassasalarida darslar va korxonalarda ishlash to‘xtatildi. Beshta aholi punktida favqulodda holat joriy etildi. Hukumat yordam uchun 562,3 ming dollar ajratgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda sodir bo‘lgan toshqinlar, bo‘ronlar, o‘rmon yong‘inlari va boshqa tabiiy ofatlar butun dunyo bo‘ylab qanchaga tushgani haqida ma’lumot bergan edik.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

suv toshqini tabiiy ofat Filippin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing