Filippinda samolyot qulashi oqibatida o‘lganlar soni 29 nafarga yetdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Filippinda bortida 85 kishi bo‘lgan harbiy samolyot yerga qulagani haqida xabar bergan edik. Fojia qurbonlari soni 29 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Uilyam Gonzales ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot qulagan joyda 29 kishining jasadi topilgan. Yana 17 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi, 50 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Shu bilan birga, Gonzales qutqaruvchilar boshqa tirik qolganlarni qidirayotganlarini ta’kidladi. “Bu qayg‘uli kun, ammo umidimizni yo‘qotmasligimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi Mudofaa vazirligi vakili.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 iyul kuni Filippinda harbiy-havo kuchlarining C-130 harbiy transport samolyoti halokatga uchradi, uning bortida 85 kishi bo‘lgan. Qutqaruv operatsiyasi davomida yonayotgan samolyotdan kamida 40 kishi qutqarib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing