Filippinda qurollangan shaxs 30 kishini asirga oldi (video)

Olam

Bugun, 2 mart kuni Filippin poytaxti Manila shahrida qurollangan erkak 30 ga yaqin odamni asirga oldi. Bu haqida politsiya ma’lumotiga asoslanib, “Rappler” portali xabar bermoqda. 

Hodisa savdo markazida yuz berdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs savdo markazi qo‘riqchisi, asirlar esa o‘sha yerda ishlovchi xodimlar. 

Mahalliy ABS CBN telekanalining shahar meriga asoslanib xabar berishicha, jinoyatchi otishma uyushtirgan, shuningdek, unda granata borligi aniqlangan. Bir kishi jarohatlangan, uni shifoxonaga eltishgan.

Hozir politsiya bosqinchi bilan muzokaralar olib bormoqda va odamlarni evakuatsiya qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Filippin

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing