Filippinda bortida 85 kishi bo‘lgan samolyot yerga quladi (video+foto)

Olam

image

Filippinda harbiy-havo kuchlarining C-130 harbiy transport samolyoti halokatga uchradi, uning bortida 85 kishi bo‘lgan. Bu haqda mamlakat harbiy qo‘mondonligi ma’lum qildi.

“Associated Press” nashrining xabar berishicha, qutqaruv operatsiyasi davomida yonayotgan samolyotdan kamida 40 kishi qutqarib olingan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Halokat samolyot Sulu provinsiyasidagi Xolo oroliga qo‘nmoqchi bo‘lganida yuz bergan.

“Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagi yonidan uchib o‘tib, quvvatni tiklashga urinib ko‘rdi, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchradi va qulab tushdi”, deydi shtab boshlig‘i, general Sirilito Sobejana.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Filippinning markaziy qismida yomg‘ir yog‘moqda, ammo ob-havo fojiani keltirib chiqarmaganini aytish uchun hali erta. Bundan tashqari, Holo orolidagi aeroport tog‘li yerlardan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u yerda hukumat qo‘shinlari “Islomiy davlat” terroristik guruhiga aloqador guruh bilan jang qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing