Filippinda 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi

Olam

image

Bugun, 31 oktyabr kuni Filippin janubida 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Natijada kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bir qancha binolar qulab tushdi.

Zilzila yuz bergan Mindanao orolida bino va uylar 16 oktyabrdagi 6,3 va 29 oktyabrdagi 6,6 balli yer silkinishi natijasida anchayin nurab qolgandi.

Ijtimoiy himoya xizmati xodimi Shimoliy Katabota provinsiyasida besh kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Qurbonlar orasida qishloq oqsoqoli ham bor. So‘nggi zilzila qurbonlari bilan hisoblaganda 16 oktyabrdan beri yuz bergan yer silkinishlari natijasida halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi.

So‘nggi zilzila natijasida vayrona ostida qolgan 9 kishini politsiya qutqarib olgan. Shuningdek, Kidapavan shahrida 6 qavatli mehmonxona binosi qulagan. Ammo uning chiida hech kim bo‘lmagan.

Filippin vulqonshunoslik va seysmologiya instituti odamlarni zilzila takrorlanishi mumkinligidan ogohlanirib, omonat binolarga kirmaslikka chaqiryapti.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Filippin

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing