Filippin Prezidenti narkotik sotuvchilarni qattiq ogohlantirdi
Olam
−
05 iyun 2020
6435Bugun, 5 iyun kuni Filippin politsiyasi tomonidan bozor qiymati 5,1 milliard peso (102 million dollardan ortiq) bo‘lgan yirik giyohvand moddalari musodara qilindi. Shundan so‘ng mamlakat Prezidenti Rodrigo Duterte narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga o‘lim bilan tahdid qildi.
"Agar siz mening mamlakatimni giyohvand moddalar savdosi bilan yo‘q qilsangiz, men sizni o‘ldiraman", deydi Duterte.
Dutertening so‘zlariga ko‘ra, Filippin meksikalik giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan Janubi-sharqiy Osiyoda yuk tashish markaziga aylantirilgan. Mamlakatda ularga qarshi keng ko‘lamli operatsiya boshlanishi kutilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu haftada politsiya tomonidan 756 kg metamfetamin musodara qilindi. Bu Duterte Prezident davridagi musodara qilingan eng yirik partiya hisoblanadi.