FIFAning “The Best” mukofoti uchun 3 nomzod e’lon qilindi

Sport

image

“Liverpul”ning gollandiyalik himoyachisi Virjil van Deyk, “Barselona”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi va “Yuventus”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 
FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlarning yakuniy uchtaligiga kirdi. 

“FIFAning yil futbolchisi” uchun topshiriladigan "The Best" mukofoti — 1991 yildan buyon har yili topshirib kelinadi. 2010 yildan 2015 yilgacha yilning eng yaxshi futbolchisi uchun “FIFA Oltin to‘pi” sovrini topshirilgan, bu sovrin “FIFAning yil futbolchisi” va “Oltin to‘p (Frace Football)” sovrinlari birlashmasi edi.  2016 yilda FIFA va fransuz nashri hamkorlikni to‘xtatib, mukofotlarni yana alohida holda topshira boshladi. 

YeCHLning o‘tgan mavsumi g‘olibi bo‘lgan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp, qatorasiga ikkinchi mavsum Angliya chempioni bo‘lgan “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola va “Tottenhem” bilan “CHLning o‘tgan mavsumida finalga chiqqan Maurisio Pochettino esa FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlarning yakuniy uchtaligaga kirgan. 

Taqdirlash marosimi 23 sentyabr kuni Milanda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing