FIFA yilning eng yaxshilarini e’lon qildi

Sport

image

15 yanvar kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) London shahrida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha 2023 yilning eng yaxshilarini e’lon qildi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Argentina milliy jamoasi va AQSHning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 35 yoshli futbolchi sovrin uchun kurashda “Manchester Siti” a’zosi Erling Holand va PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.

“Man Siti”ning ispaniyalik murabbiyi Xosep Gvardiola ortda qolgan yilning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi. Pep bu borada italiyalik mutaxassislar Simone Inzagi va Luchano Spalettini ortda qoldirdi.

Shuningdek, ayollar futbolida ham eng yaxshilar aniqlandi. “Barselona” ayollar jamoasi a’zosi Aytana Bonmati eng yaxshi ayol futbolchi deb topilgan bo‘lsa, Angliya ayollar terma jamoasi murabbiyi Sarina Vigman eng yaxshi ayol murabbiy sovriniga ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi FIFA Aytana Bonmati yilning eng yaxshilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing