FIFA reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Sport

image

FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Reytingda Braziliya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. Lotin Amerikasining yetakchi jamoalaridan biri bo‘lgan Braziliya hisobida 1841,30 ochko bor. Bu haqda FIFA'ning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Ikkinchi o‘ringa 1816,71 ochkoga ega Belgiya terma jamoasi joylashgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Argentina terma jamoasi yakun yasab bergan. Argentina hisobida 1773,88 ochko mavjud.

Germaniya terma jamoasi esa 10 talikdan joy olmagan. Nemislarga 11-o‘rin nasib qilgan. Ko‘pchilik uchun kutilmaganda Daniya terma jamoasi 10-pog‘onani egalladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 77-o‘rinni band etgan. Bu borada o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyoda 10-pog‘onani egallab turibdi.

FIFA reytingida eng yuqori ochkoni olgan 10 ta terma jamoa bilan tanishing:
 
1. Braziliya – 1841,30 (reyting ochkosi);
2. Belgiya – 1816,71;
3. Argentina – 1773,88;
4. Fransiya – 1759,78;
5. Angliya – 1728,47;
6. Italiya – 1726,14;
7. Ispaniya – 1715,22
8. Niderlandiya – 1694,51
9. Portugaliya – 1676,56
10. Daniya – 1666,57.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA reytingi

Baholaganlar

768

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar