FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?
Sport
−
18:39 4996 1 daqiqa
Bugun, 11 iyun kuni FIFA Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlaridan so‘ng, milliy jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 50-pog‘onadan o‘rin oldi.
Shuningdek, O‘zbekiston MTJ Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etdi. Undan yuqorida esa Yaponiya (18), Eron (20), Janubiy Koreya (25), Avstraliya (27) terma jamoalari joy olgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 2 iyun kuni Kanadaga va 8 iyun kuni Niderlandiyaga mag‘lubiyatga uchradi. Oqibatda “oq bo‘rilar” FIFA reytingida 6,47 ball yo‘qotdi, biroq boshqa jamoalarning ham ochko yo‘qotishi oqibatida O‘zbekiston 50-pog‘onadagi o‘rnini saqlab qoldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi ikki o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng, jami 6,47 ochkoni yo‘qotib, 1458,73 ball to‘plagan holda mundialga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Hozirgi FIFA reytingida amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinni Yevropa chempioni Ispaniya egallagan bo‘lsa, Dide Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi kuchli uchlikni yakunlab turibdi.
Live
Barchasi