Eron bilan o‘yindan so‘ng O‘zbekiston FIFA reytingida necha ball oldi?
Sport
−
12:20 615 1 daqiqa
Kecha, 24 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida Eron milliy terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekiston terma jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi FIFA reytingida rasman qayd etildi. Mazkur g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasiga reytingda 6,83 ochko qo‘shildi. Natijada “oq borilar” FIFA onlayn reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 59-pog‘onaga chiqib oldi.
Avvalroq, FIFA’ning rasmiy saytida O‘zbekiston terma jamoasining ushbu yig‘in davri uchun faqat 6 oktyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvi ko‘rsatilgan edi.
Endilikda esa 3:1 hisobidagi g‘alaba ham FIFA reyestriga kiritildi va reytingiga 6,83 ochko qo‘shildi. Eron milliy terma jamoasi esa 6,83 ochko yo‘qotdi.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan o‘yindan so‘ng joriy yilning 1 oktyabr kuni Toshkentda Suriya bilan va 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreyaga bahs olib boradi.