FIFA prezidenti O‘zbekistonga keladi
Sport
−
20 Sentabr 2024 4989 1 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga keladigan bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Infantino 5 oktyabr kuni Farg‘onada o‘tkaziladigan “Navbahor” va “Andijon” o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi finaliga tashrif buyuradi.
Oxirgi marta Infantino o‘tgan yili may oyida O‘zbekistonga kelgandi. O‘shanda FIFA rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, futbolni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgandi.
Qayd etish joiz, hozirda O‘zbekistonda FIFA tasnifiga kiruvchi futzal bo‘yicha Jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Katta ehtimol bilan Infantino musobaqaning final bahsiga tashrif buyurib, g‘olib va sovrindorlarni o‘zi taqdirlaydi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr