FIFA Paredesga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qildi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Jahon chempionati finalidan so‘ng Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredesga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Avvalroq, Paredes Ispaniyaga qarshi final uchrashuvidan keyin ispaniyalik futbolchilar bilan janjallashib qolgandi. O‘yindan keyin Paredes avval himoyachi Erik Garsiyaning bo‘ynidan ushlagan, so‘ngra yarim himoyachi Gavini itarib yuborgan. Shundan keyin, Argentina terma jamoasi futbolchilari uni tinchlantirishga harakat qilgan.

Dastlab FIFA Paredesga qizil kartochka ko‘rsatilganini rasman qayd etgan edi. Biroq keyinchalik ushbu kartochka rasmiy bayonnomadan chiqarib tashlandi. FIFA BBC’ga bergan izohida futbolchiga nisbatan hech qanday intizomiy chora qo‘llanilmaganini tasdiqlagan.

Shuningdek, FIFA Argentina terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Angliya ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin “Malvinalar argentinaliklarniki” degan yozuv tushirilgan banner bilan nishonlagani yuzasidan ham tekshiruv boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing