FIFA muxlislar uchun pullik xizmatni ishga tushirmoqda

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) muxlislarga 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlari vaqtida o‘z ismlarini stadion ekranlarida namoyish qilish imkoniyatini taklif qilmoqda. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, mazkur xizmat orqali muxlislar stadiondagi ulkan ekranlar va media tizimlarda o‘z ismi yoki qisqa tabrik xabarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun 79 AQSH dollari miqdorida to‘lov amalga oshirilishi kerak.

Taklif guruh bosqichidagi barcha 72 ta uchrashuvga tatbiq etiladi. Muxlislar oldindan muayyan vaqt oralig‘ini joy band qilib, o‘z xabarini yuborishlari mumkin. Belgilangan vaqtda, ayniqsa terma jamoalarning o‘yin oldidan chigal yozdi mashg‘ulotlari vaqtida, ularning ismi yoki xabari stadion tablosida aks etadi hamda stadion suxandoni tomonidan ovoz chiqarib o‘qib eshittiriladi.

Shu bilan birga, FIFA bu borada qat’iy qoidalarni ham belgilagan. Barcha xabarlar maxsus moderatsiyadan o‘tkaziladi. Matn hajmi 30 ta belgidan oshmasligi kerak, shuningdek, emoji, grafik belgilar va boshqa maxsus simvollardan foydalanish taqiqlanadi.

FIFA vakillari hazilomuz, haqoratli, noaniq mazmundagi ismlar yoki siyosiy mazmundagi shiorlarni joylashtirishga qilingan urinishlar darhol rad etilishini va bunday holatlarda to‘lov qaytarilmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati FIFA muxlislar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing